audio

    12+
    UNDESA vakillari bilan “UN Public Service Forum 2025” forumiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UNDESA) vakillari – Elizabet Niland va Devid Le Blan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda joriy yilning 23–25-iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “UN Public Service Forum 2025” forumiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

    Muzokaralar chog‘ida forumni o‘tkazish tartibi, asosiy yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Tomonlar forumning samarali tashkil etilishi uchun tashkilotchilik va ishtirokchi mamlakatlarning ishtiroki bo‘yicha amaliy qadamlarni muhokama qildilar.

    Shuningdek, BMTning davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya bo‘yicha dasturlarini O‘zbekiston tajribasi bilan uyg‘unlashtirish, samarali davlat xizmatlarini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Shu bilan birga, uchrashuvda forum doirasida O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar va davlat xizmatlari sohasidagi yutuqlarini namoyish etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar, davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida tajriba almashish hamda davlat xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni muhokama qilishga qaratilgan sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi.

    • view_icon 63