
Iqtisodiyot va Moliya

Kuchkarov Djamshid Anvarovich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri

Pulatov Farrux Jaxongirovich
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qarori qabul qilindi.
Ushbu Strategiyaning maqsadi 2025–2027-yillar davomida “yashil” davlat xaridlarining ulushini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishda muhim bo‘lgan barqaror, keng raqobatga asoslangan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan davlat xaridlari siyosatini belgilashdan iborat.
2024–yilda Davlat–xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar hamda 2025–yilgi rejalar toʻgʻrisida ma’lumot.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori qabul qilindi.
2025-yilning 21-aprel kuni “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmoniga koʻra, quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
(a) 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 293 605,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2025-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16,1 foizga o‘sdi.
2026-yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sishida savdo, moliyaviy va transport xizmatlarining o‘sishi asosiy omil bo‘ldi.
2025-yilning yanvar-martiga nisbatan 2026-yilning yanvar-martida moliyaviy xizmatlar hajmi 10 263,2 mlrd so‘mga oshib, 46 796,4 mlrd so‘mga yetdi. O‘sish sur’ati 122,4% ni tashkil etdi.
Bozor xizmatlarining umumiy o‘sishiga eng katta hissa savdo xizmatlari (o‘sish 19,4%, umumiy o‘sishga hissa 4,9 f.p.), moliyaviy xizmatlar (22,4%, 3,4 f.p.), transport xizmatlari (13,2%, 2,3 f.p.), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (8,6%, 1,4 f.p.), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (17,0%, 1,3 f.p.), ta’lim sohasidagi xizmatlar (22,5%, 0,8 f.p.), boshqa xizmatlar (13,7%, 0,6 f.p.), shuningdek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (15,0%, 0,4 f.p.) hissasiga to‘g‘ri keldi. Arxitektura, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinovlar va tahlil (18,1%ga), ijara (15,3%ga), kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash (12,5%ga), sog‘liqni saqlash (12,0%ga) va individual xizmatlar (10,7%ga) sohasidagi xizmatlarning o‘sishi umumiy hisobda o‘sishga qariyb 1,0 foiz bandini qo‘shdi.
2026-yilning ko‘rib chiqilayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168 125,2 mlrd so‘mni yoki umumiy bozor xizmatlari hajmining 57,3 foizini tashkil etdi. 2025-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 116,5 foizni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 447,9 trln so‘mni tashkil etdi va 2025- yilning mos davriga nisbatan 8,7% ga o‘sdi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi ijobiy dinamika bilan bog‘liq. Xususan, uning barcha tarmoqlari tomonidan yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat YAIM umumiy hajmining 95,4 foizini tashkil etdi va 8,7 foizga o‘sdi (YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi - 8,4 foiz punkt). YAIM tarkibida mahsulotlarga sof soliqlar 4,6% ni tashkil etdi va 8,2% darajasida o‘sishni ko‘rsatdi (YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi – 0,3 f.p.).

