
Investitsiyalar, sanoat va savdo

Kudratov Laziz Shavkatovich
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga respublikada 61 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat yuritgan.
2026-yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 289 254,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, sanoat ishlab chiqarish indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,0% ni tashkil etdi.
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 19 072 tani tashkil etdi. Shundan qo‘shma korxonalar – 4 392 ta, xorijiy korxonalar – 14 680 tani tashkil etadi.
2026-yilning yanvar-mart oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 18 023,0 mln. AQSH dollariga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 471,0 mln. AQSH dollariga yoki 2,7% ga o‘sdi.
Eksport 5 809,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,3% ga kamaydi.
Import 12 213,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,8% ga o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshiradi.
2025-yilning 21-aprel kuni “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmoniga koʻra, quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
(a) 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.


