Adliya vazirligida KOICA bilan keng qamrovli loyiha imzolandi
2026-04-30 09:20:00 / Yangiliklar

Mazkur hujjatga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun KOICA 14,5 million AQSh dollari miqdorida grant ajratadi. Loyiha 2026–2030 yillar davomida amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha doirasida:
- sun’iy intellekt asosida ishlovchi yuridik xizmatlar platformasini yaratish;
- raqamli huquqiy kutubxona tashkil etish;
- O‘zbekiston–Koreya huquq markazini yo‘lga qo‘yish;
- yuridik xizmatlar va ta’lim tizimida innovatsion yechimlarni joriy etish kabi muhim yo‘nalishlar nazarda tutilgan.
Ta’kidlanganidek, mazkur tashabbus nafaqat texnologik yangilanish, balki fuqarolarga qulay, tezkor va sifatli yuridik xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaratishda muhim bosqich hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuridik xizmatlar va taʼlim tizimiga sunʼiy intellekt yechimlarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, uzoq muddatli va barqaror natijalarga erishish bo‘yicha kelishuvga erishdi.


