TIV rahbarining Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvi to‘g‘risida
2026-04-30 09:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Kevin Chokni qabul qildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Singapur hamkorligini savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.
TIVda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida boʻlib oʻtgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalari olqishlandi.
Erishilgan barcha kelishuvlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.