Oʻzbekiston SHHT doirasida ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish tashabbuslarini ilgari surdi
2026-05-25 09:35:00 / Yangiliklar

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, mamlakatimizda ilm-fan, innovatsiyalar va texnologik rivojlanish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda SHHT doirasidagi hamkorlik istiqbollari haqida maʼruza qildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion faoliyat va startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yilda 824 ta ilmiy loyiha moliyalashtirilib, 320 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirildi, 252 ta yangi texnologiya yaratildi hamda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli oshdi.
Shuningdek, vazir oʻz nutqida SHHT davlatlari oʻrtasida qoʻshma ilmiy markaz va laboratoriyalar tashkil etish, yosh olimlar uchun yagona akademik mobillik tizimini yaratish, ilmiy loyihalarni birgalikda moliyalashtirish hamda texnologiyalar transferini kuchaytirish boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Tadbir davomida sunʼiy intellekt, biotexnologiyalar, yangi materiallar, energetika va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Oʻzbekiston tomoni SHHT makonida ilmiy-texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion rivojlanish va barqaror taraqqiyot yoʻlida ochiq hamda uzoq muddatli hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

