ICAO bilan hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi
2026-05-26 09:30:00 / Yangiliklar
Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi (EUR/NAT) mintaqaviy direktori Nikolas Rallo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va ICAO o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, global aviatsiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish borasidagi masalalarni muhokama qildi.
Janob Nikolas Rallo O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati tomonidan sohani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar sur’atini yuqori baholab, fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishidagi barqaror o‘sish va islohotlar samarasini alohida qayd etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

