Oxford Business Group vakili bilan gender tenglik va investitsiyaviy jozibadorlik masalalari muhokama qilindi
2026-06-19 09:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, oila siyosatini takomillashtirish, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.
Muloqotda mamlakatimizda xotin-qizlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni kasb-hunar va zamonaviy ko‘nikmalarga o‘qitish, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchi ayollarni iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda gender tenglik sohasidagi qonunchilik bazasining rivojlanishi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini oshirishi va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar gender inklyuzivlikni iqtisodiy o‘sish va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytiruvchi muhim omillardan biri sifatida ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, strategik dasturlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni xalqaro biznes-tahlil maydonida xolis yoritish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, ijtimoiy rivojlanish va iqtisodiy tahlil yo‘nalishlarida axborot almashinuvini davom ettirish hamda istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


