Tadbirkor xotin-qizlar bilan ochiq muloqot
2026-08-26 10:55:00 / Yangiliklar

Ushbu loyihaning dastlabkisi bugun tadbirkor xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xotin-qizlar rahbarligidagi korxonalar soni 2026-yilning birinchi yarmida 120 mingtaga yetgan. Yakka tartibdagi tadbirkor ayollar soni esa qariyb 130 ming nafarni tashkil etmoqda. Endigi asosiy vazifa — bu korxonalarni yanada rivojlantirib, barqaror va raqobatbardosh darajaga olib chiqishdir.
O‘tkazilgan ochiq muloqot ham oflayn, ham onlayn shaklda tashkil etilib, markaziy studiyada 100 dan ortiq, hududlardagi 13 ta studiyada esa 600 nafardan ziyod ishbilarmon xotin-qizlar jamlandi.
Uchrashuv davomida tibbiyot, ta’lim, ishlab chiqarish, oziq-ovqat va xizmat ko‘rsatish kabi turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tajribali tadbirkorlar, shuningdek, o‘z ishini endigina boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar so‘zga chiqdi. Shuningdek, “Ayollar daftari” ko‘magida o‘z tadbirkorligini boshlab, bugungi kunda faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan xotin-qizlar ham o‘z takliflarini bildirishdi.


