Namangan va Xitoy kompaniyasi: yo‘lsozlikda yangi loyihalar sari
2026-09-16 10:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyatda yo‘lsozlik, transport infratuzilmasi va qurilish sohalarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiya va xorijiy tajribani jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida Namangan viloyatida yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, yo‘lsozlik sohasida zamonaviy yondashuvlar asosida yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
“Shanghai Construction Group” xalqaro miqyosda yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lib, qurilish-injiniring, infratuzilma va shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega.
Ta’kidlanganidek, Namanganda transport infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarning sifat va o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan loyihalar hududning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish va hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

