Toshkentda yangi onkologiya markazi qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi
2026-10-26 09:40:00 / Yangiliklar

Muloqotda yangi 265 o‘rinli onkologiya markazini barpo etish loyihasining navbatdagi bosqichlari muhokama qilinib, yakunda konsultantlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "tibbiyot klasteri"ning muhim obyekti sanaladi.
Vazir hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirar ekan, “Biz uchun markazni yuqori sifatda barpo etish muhim. Koreya tomonining tajribasi va ish sifatiga ishonamiz”, deya ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, AUM & LEE konsorsiumi loyihalash, qurilishni boshqarish va nazorat qilish, tibbiy uskunalarni tanlash, markazning tibbiy xizmatlari hamda axborot tizimini rejalashtirish kabi yo‘nalishlarda konsultantlik qiladi.
Loyiha doirasida markaz xodimlari uchun tibbiy xizmat sifati, radiologiya, yadro tibbiyoti va nur terapiyasi yo‘nalishlarida uch bosqichli amaliy o‘quvlar o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.