Transport sohasida hamkorligining yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
2026-10-27 14:15:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda Fransiyaning “Alstom”, “IVECO” va “Dassault Systèmes” kompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasida transport sohasining ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, shahar transportini rivojlantirish hamda shahar ichida va uning tashqarisida transport bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha multimodal yechimlarni muhokama qildilar.
Shahar transportining har xil turlariga uzoq muddatli xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish uchun mahalliy operatorlar hamda texnik mutaxassislarni o‘qitish, shuningdek, aholining barqaror mobilligini ta’minlaydigan multimodal transport tizimini (poyezdlar, metro, avtomobillar va h.k.) shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, J.Volf Yangi Toshkentda transport tizimini barpo etishda dekarbonizatsiya, transport vositalarining samaradorligi va multimodalligi masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Fransiya tomoni logistika xablari uchun raqamli turdoshlarni yaratish va transport tarmoqlarini rejalashtirish bo‘yicha “Dassault Systèmes” kompaniyasining O‘zbekiston bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yishni hamda Fransiyaning eng yirik “Parij-Sakle” (Paris-Saclay) ilmiy-texnologik va innovatsion klasteri faoliyati bilan tanishish, shahar transport tizimini boshqarish borasidagi Fransiya tajribasini va barqaror shaharlarni rivojlantirish sohasidagi innovatsion yechimlarni o‘rganish maqsadida Transport vazirligi delegatsiyasining Fransiyaga amaliy tashrifini tashkil etishni taklif qildi.

