Xalqaro hamkorlik
2025-06-05 09:00:00 / Yangiliklar

Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va "Taʼlim hamma narsadan ustun” (EAA) jamgʻarmasi tomonidan hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va "Zamin" xalqaro jamoat fondi ko‘magida 1,3 million yoshni iqlim bo‘yicha ta’lim va yetakchilik ko‘nikmalari bilan qamrab oluvchi uch yillik loyiha boshlandi.
Loyiha doirasida:
— Iqlim taʼlimi va atrof muhitni asrash tamoyillari umumta'lim maktablarining oʻquv dasturlariga kiritiladi;
— 50 000 nafar pedagoglarning iqlimga oid darslarni oʻtkazish boʻyicha malakasi oshiriladi;
— Respublikadagi 7 ta viloyat maktablariga 3 000 ta oʻquv-uslubiy toʻplamlar taqdim etiladi;
— 4 000 nafar oʻquvchi-yoshlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari va iqlimga moslashgan qishloq xoʻjaligi boʻyicha kasbiy bilimlarga ega bo'ladi.
Loyihaning asosiy yoʻnalishlaridan biri — “Yosh yashil elchilar” tarmogʻi orqali 800 nafar qishloq yoshlarining mahalliy ekologik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.
Loyiha doirasida, innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida milliy iqlim tanlovlari oʻtkaziladi. Eng yaxshi loyihalar xalqaro darajada tan olinadi hamda tashabbuskor yoshlar global ekologik harakatlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Ushbu loyiha O‘zbekistonning iqlim strategiyasi vа “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” dasturini amaliy tarzda qo‘llab-quvvatlaydi.