Xalqaro hamkorlik
2025-08-22 13:55:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozа Karimova Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: KOICA bilan hamkorlikda “Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish markazi hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv yakunida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida o‘zaro yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.