Ulanbatorda bo‘lib o‘tayotgan ayollar tadbirkorligi sammiti doirasida uchrashuv
2025-08-25 15:05:00 / Yangiliklar
Ulanbator shahrida o‘tayotgan ayollar tadbirkorligi sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova hamda Mo‘g‘ulistonning Oila, mehnat va ijtimoiy himoya vaziri T. Aubaki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasida xotin-qizlar masalalari, oila institutini mustahkamlash va ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish, ular uchun qulay biznes muhit yaratish va o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, istiqbolda hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, forum va seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida baholandi.