“Strategic Workshop Lab” amaliy seminari o‘z ishini boshladi
2026-03-31 09:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Malayziyaning “MIMOS Berhad” tashkiloti hamkorligida “2026–2035-yillarda O‘zbekiston Respublikasida mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishga bag‘ishlangan “Strategic Workshop Lab” amaliy seminari o‘z ishini boshladi.

Joriy yilning 30–31-mart kunlari o‘tkaziladigan mazkur tadbirning asosiy maqsadi — strategiyani ishlab chiqish jarayonida vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, sohaga oid ustuvor yo‘nalishlar va aniq amaliy choralarni belgilashdan iborat.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “MIMOS Holdings Sdn. Bhd.” o‘rtasida Yarimo‘tkazgichlar, elektronika va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

